Mixail Strokan

experts_in

Mixail Strokan

Tashrif buyuruvchi ekspert

Energetika Diplomatiyasi va Geosiyosati Markazi

Tarjimai hol

Mixail Alekseyevich Strokan

Istiqbolli xalaqaro tadqiqotlar instituti Energetik geosiyosat markazi tashrif buyuruvchi ekspert. 

Pensilvaniya universiteti PhD talabasi. Mixail hozirda Evrosiyo neft ishlab chiqaruvchi davlatlarining energetika siyosatini o‘rganmoqda. Uning ilmiy qiziqishlari qiyosiy siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar, Sharqiy Yevropa va Yevroosiyodagi energetika siyosatini o‘z ichiga oladi.

Mixail siyosiy fanlar boʻyicha magistr (Pensilvaniya universiteti, 2019), xalqaro munosabatlar boʻyicha magistr (Sirakuza universiteti, 2016), Amerika tadqiqotlari boʻyicha magistr (Imtiyozli diplom, Sankt Peterburg davlat universiteti, 2017) va mintaqaviy tadqiqotlar bakalavriat darajasiga (Imtiyozli diplom, Sankt Peterburg davlat universiteti, 2014-yilda) ega. Mixail Vudro Vilson xalqaro markazining Kennan institutida, Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazida (CSIS) amaliyot o‘tagan, shuningdek, Pensilvaniya universitetida dars bergan.

Nashrlar