Hisobotlar

outputs_in

Hisobotlar

29 Yanvar 2026

Amerika Qo‘shma Shtatlari 2025-yilda: ichki o‘zgarishlar va strategik yo‘nalishni qayta belgilash

IXTI Amerika tadqiqotlari markazining ushbu yillik flagman hisobotida 2025-yilda AQShni belgilagan asosiy voqealar va tizimli burilishlarni yorituvchi policy brieflar jamlangan bo‘lib, ichki boshqaruvdagi o‘zgarishlar hamda tashqi siyosatdagi qayta sozlanishni yagona strategik yo‘nalish sifatida talqin qiladi. Hisobot 47-prezident inauguratsiyasi va “America First” doktrinasining jadallashgan tatbiqi fonida AQShning ichki rivojlanish trayektoriyasi hamda global maydondagi strategik tutumlari qanday o‘zgarganini izchil tahlil qiladi. Ichki siyosat bo‘limlari institutlarning keskin qayta tashkil etilishi, ijro hokimiyatining kengayishi va fiskal proteksionizmga tayangan yangi iqtisodiy poydevor shakllanishini batafsil ochib beradi. Xususan, “Bitta katta chiroyli qonun” hamda “nol migratsiya” yo‘nalishi doirasida chegara va deportatsiya infratuzilmasining kuchaytirilishi, turli migratsion toifalarga qo‘llanilgan cheklovlar, boshpana va mehnat migratsiyasi jarayonlarida moliyaviy-to‘siq mexanizmlarining kuchayishi kabi masalalar markaziy o‘rin egallaydi. Tashqi siyosat tahlillarida esa liberal internatsionalizmdan tranzaksion realizm va iqtisodiy majburlashga siljish qayd etilib, bu yondashuvning Xitoy bilan institutsional raqobat (jumladan SI boshqaruvi), Yaqin Sharq xavfsizlik arxitekturasi hamda Markaziy Osiyoning strategik ahamiyatining oshishi kabi yo‘nalishlarda qanday namoyon bo‘layotgani ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, Pentagon va texnologik sektor o‘rtasidagi yaqinlashuvning institutsional shakllari, hamda raqamli aktivlar va stablecoin mexanizmlarining legallashtirilishi AQShning texnologik va moliyaviy ustunligini mustahkamlash kontekstida tahlil qilinadi. * Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.

outputs_in

Hisobotlar

22 Yanvar 2026

Markaziy Osiyo Yevroosiyo transport va logistika makonining markazida: strategiyalardan amaliy harakatlarga

Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) Strategik bog‘liqlik markazining yillik tahliliy hisoboti Markaziy Osiyoning Sharq–G‘arb va Shimol–Janub yo‘nalishlarini bog‘lovchi muhim tranzit va logistika markazi sifatida shakllanib borayotgan rolini siyosiy-amaliy nuqtayi nazardan tahlil qiladi. Nashr 2025 yil davomida Markaz tomonidan tayyorlangan tahliliy maqolalar va ilmiy tadqiqotlarni o‘z ichiga oladi. Unda Markaziy Osiyoda yagona transport makonini shakllantirish, xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish hamda global ta’minot zanjirlarining qayta tuzilishi sharoitida mintaqaning ahamiyati oshib borayotgani keng yoritilgan. Xususan, Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li, Transkaspiy (O‘rta) yo‘lagi, trans-afg‘on transport yo‘nalishlari, shuningdek Eron, Janubiy Kavkaz, Turkiya va jahon bozorlariga chiqish imkoniyatlari alohida tahlil qilingan. Hisobotda geosiyosiy tahlil iqtisodiy va infratuzilmaviy yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirilib, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik va raqobat omillari, transport integratsiyasidagi to‘siqlar hamda tarif siyosati, raqamlashtirish va me’yoriy muvofiqlashtirish masalalari yoritilgan. Strategik qarashlardan aniq amaliy mexanizmlarga o‘tishni maqsad qilgan ushbu nashr davlat boshqaruvi vakillari, transport va logistika mutaxassislari, investorlar, diplomatlar va tadqiqotchilar uchun Yevroosiyo bog‘liqligini rivojlantirish bo‘yicha muhim tahliliy manba bo‘lib xizmat qiladi. * Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.

outputs_in

Hisobotlar

21 Yanvar 2026

Iqtisodiy diplomatiya orqali global raqobatni boshqarish

Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) Iqtisodiy diplomatiya markazining ushbu yillik tahliliy hisoboti global savdo va moliya tizimlarining qayta shakllanishi, geosiyosiy beqarorlik va texnologik siljishlar sharoitida O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy muhiti hamda ichki iqtisodiy islohotlarini dalillarga asoslangan holda tahlil qiladi. Hisobot to‘rtta o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalish asosida tuzilgan: mintaqaviy va ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik, global iqtisodiy boshqaruv va moliyaviy arxitektura, raqamli va innovatsion hamkorlik, shuningdek uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiya. Unda O‘zbekistonning ECO, Xitoy–Markaziy Osiyo, BRICS, Turk davlatlari tashkiloti va Yevropa Ittifoqi doirasidagi iqtisodiy integratsiyasi chuqur yoritilgan. Eksportni diversifikatsiya qilish, JSTga a’zo bo‘lish jarayoni, muqobil moliyaviy manbalar, raqamlashtirish va kambag‘allikni qisqartirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Statistik ma’lumotlar va institutsional tahlil uyg‘unligiga asoslangan ushbu hisobot davlat boshqaruvi organlari, iqtisodiy rejalashtiruvchilar, diplomatlar va tadqiqotchilar uchun O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash, iqtisodiy suverenitetni saqlash va barqaror rivojlanishni ta’minlash yo‘llarini anglashga xizmat qiladi. * Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.

outputs_in

Hisobotlar

21 Yanvar 2026

O‘tish davridagi Yevropa: 2025-yilda transatlantik va global raqobat sharoitida strategik tanlovlar

Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) huzuridagi Yevropa tadqiqotlari markazining yillik tahliliy hisoboti Yevropaning o‘zgarib borayotgan strategik muhitini kuchayib borayotgan geosiyosiy raqobat, ichki institutsional va ijtimoiy bosimlar hamda transatlantik munosabatlardagi noaniqliklar sharoitida tizimli ravishda tahlil qiladi. Hisobot IXTI tadqiqotchilarining tahliliy maqolalarini jamlagan bo‘lib, unda YI iqtisodiyotining istiqbollari, mudofaa siyosatining moslashuvi va tayyorgarlik tashabbuslari, institutlar faoliyatidagi muammolar, identitet va inson huquqlari bo‘yicha bahslar, shuningdek Yevropaning AQSh, NATO, Xitoy va Markaziy Osiyo bilan munosabatlaridagi o‘zgarishlar keng yoritilgan. Xususan, Ukraina urushining oqibatlari, AQSh tashqi siyosatidagi siljishlar hamda Yevropa Ittifoqining xavfsizlik, texnologiyalar va global boshqaruv sohalarida strategik avtonomiyaga intilishi alohida e’tiborga olingan. Ilmiy tahlil va amaliy siyosat kesishmasida tayyorlangan ushbu hisobot davlat boshqaruvi vakillari, diplomatlar, tadqiqotchilar va mutaxassislar uchun Yevropaning bugungi rivojlanish yo‘nalishlari va kelajakdagi strategik tanlovlarini chuqur anglashga xizmat qiladi. * Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.