Nurmatova Xusnoraxon (Oʼzbekiston), 32 yoshda, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar Institutining yuriskonsulьti. Ushbu lavozim doirasida Nurmatova X. Institut faoliyatida qonun ustuvorligini mustahkamlashda, qonunchilik va boshqa tegishli meʼyoriy hujjatlari toʼgʼri va bir yoʼsinda qoʼllanilishini taʼminlanishida ishtirok etadi, shuningdek, huquqiy masalalar boʼyicha yuridik xulosalar tayyorlashda, ichki meʼyoriy hujjatlar, shartnomalarning shakllarini va Institutning boshqa huquqiy hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etishni taʼminlaydi. Nurmatova X. hozirgi lavozimini egallashidan oldin Inson huquqlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni huzuridagi Аmaldagi qonun hujjatlari monitoring instituti, Toshkent shahar Jinoyat ishlari boʼyicha sudi, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʼyicha Qoʼmita, "VАSILА NUR" yuridik firmasi, "LEGAL OWNER" masʼuliyati cheklangan jamiyati, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi kabi turli tashkilotlarda ishlagan va stajirovka oʼtagan. Nurmatova Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetida Xalqaro huquq yoʼnalishining magistratura bosqichi (2013 yil) va Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti Huquqshunoslik yoʼnalishi bakalavr bosqichi (2011) darajalariga ega.