“Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi: Ichki siyosiy boshqaruv, mintaqaviy dinamika va uning oqibatlari” nomli seminar to‘g‘risida

“Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi: Ichki siyosiy boshqaruv, mintaqaviy dinamika va uning oqibatlari” nomli seminar to‘g‘risida

news_in

Joriy yilning 5-aprel sanasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Metodologik Kengashida Universitet rektori S.Safoyev rahbarligida “Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi: Ichki siyosiy boshqaruv, mintaqaviy dinamika va uning oqibatlari” mavzusida seminar tashkil etildi. 

Mazkur seminarda ma’ruza bilan Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari Akram Umarov, Diplomatik Akademiya direktori Abdusamat Xaydarov va Yustus Libix Universiteti tashrif buyuruvchi professori Iskandar Abdullayev ishtirok etdilar. 

Professor A.Xaydarovning nutqi, asosan, Tolibon harakatining fundamental asoslariga qaratilgan bo‘lsa, A.Umarov bugungi kundagi Afg‘onistondagi holatga e’tibor qaratdi. Professor I.Abdullayev, o‘z navbatida, Afg‘onistondagi yirik loyihalar, xususan, Qo‘sh Tepa kanali loyihasi to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berib o‘tdi. 

Seminar yakunida munozara qismiga o‘tildi va u qiziqarli savol-jabovlarga boy bo‘ldi.