AQSh Markaziy Qo‘mondonligi vakillari bilan uchrashuv

AQSh Markaziy Qo‘mondonligi vakillari bilan uchrashuv

news_in

Joriy yilning 6-mart sanasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Istiqbolli xalqaro taqdiqotlar instituti tomonidan AQSh Markaziy Qo‘mondonligi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda AQSh Markaziy Qo‘mondonligidan Geryk Paige, Christy Levengud, Olena Heyn ishtirok etishdi. IXTI tomonidan Amerikani o‘rganish markazi boshlig‘i Ulug‘bek Ishanxojayev va markaz xodimlari ishtirok etishdi.

Uchrashuv jarayonida O‘zbekiston-AQSh munosabatlari, mintaqaviy хavfsizlik masalalari, Afg‘onistondagi hozirgi holat hamda Markaziy va Janubiy Osiyoning bog‘liqligiga qaratilgan loyihalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida kelgusi hamkorlikni davom ettirish to‘g‘risida kelishib olindi.