Energetika diplomatiyasi va geosiyosat markazi delegatsiyasi Jahon bankining Oslodagi seminarida ishtirok etdi

Energetika diplomatiyasi va geosiyosat markazi delegatsiyasi Jahon bankining Oslodagi seminarida ishtirok etdi

news_in

IXTI Energetika diplomatiyasi va geosiyosat markazi delegatsiyasi 2024-yilning 23-27-sentyabr kunlari Norvegiyaning Oslo shahrida Markaziy Osiyoda mintaqaviy elektr energiyasi bozorini rivojlantirish loyihasi doirasida o‘tkazilgan Jahon bankining seminarida qatnashdi.

 

Seminarning maqsadi Yevropa va Janubiy Afrika kabi faoliyat yuritayotgan mintaqaviy elektr energiyasi bozorlari tajribasi asosida amaliy bilimlarni o‘zlashtirishdan iborat edi. Seminar ishtirokchilari energetika infratuzilmasining barqarorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini integratsiyalash mexanizmlari va energetika tizimlarining moslashuvchanligini ta’minlash masalalarini o‘rgandilar. Taqdim etilgan yondashuvlarni Markaziy Osiyo mintaqasi sharoitida qo‘llash imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi, bu esa energetika tizimlarini yanada integratsiyalash va modernizatsiya qilish istiqbollarini ochib berdi.

 

Seminar hamkorlikni mustahkamlash va mintaqaviy energetika bozorining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan tajriba almashish hamda yechimlar ishlab chiqish uchun muhim maydon vazifasini o‘tadi.