12-aprelda o‘tkazilgan Frontier Talks sessiyamiz Tolibon nazoratidagi Afg‘onistonni o‘rganish va mamlakat kelajagini uzoq muddatli strategik rejalashtirishga bag‘ishlandi. Sessiyada ekspertlar va talabalar ishtirok etib, “Tolibon nazoratidagi Afg‘oniston” va “Strategik rejalashtirish: Afg‘oniston – 2030” mavzularida ikki qismli seminar o‘tkazdilar.
Seminarning birinchi qismida dastlab doktor Islomxon Gafarov, so‘ngra IXTI Ko‘ngillilar klubi a’zolari – Saidakbar Shamsiyev ijtimoiy rivojlanish va inson kapitali, Jaloliddin Ibragimov ichki xavfsizlik va siyosiy barqarorlik, hamda Mirjalol Murtozayev Afg‘onistonning mintaqaviy va global diplomatiyasi masalalari bo‘yicha ma’ruza qildilar.
Frontier Talks dasturining ikkinchi yarmi doktor G‘afforov rahbarligida interaktiv tarzda o‘tkazildi. Ishtirokchilar kichik ishchi guruhlarga bo‘linib, ularga Afg‘onistonni 2030-yilgacha rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli strategik rejalarni ishlab chiqish vazifasi topshirildi. Har bir guruhga muayyan mavzu yo‘nalishi berildi. Guruhlar joriy tendensiyalarni tanqidiy baholash, asosiy xavf va imkoniyatlarni aniqlash, shuningdek, amaliy siyosat yo‘nalishlarini taklif etishlari lozim edi. Jamoalarda ishlash jarayonida talabalar bir qator uzoqni ko‘zlovchi, ammo asosli tavsiyalarni ishlab chiqish uchun ssenariylar tuzish va xatarlarni tahlil qilish kabi strategik prognozlash vositalaridan foydalandilar.
Ilmiy bilimlarni amaliy ssenariylar tuzish bilan uyg‘unlashtirgan holda, Frontier Talks sessiyasi ishtirokchilarga Afg‘onistonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish va mintaqa kelajagini strategik anglashda faol ishtirok etish imkoniyatini berdi. IXTI bundan buyon ham tanqidiy muhokamalar, istiqbolli rejalashtirish va ekspertlar muloqoti uchun shu kabi platformalarni rivojlantirishni maqsad qilgan.