Germaniyaning Roza Lyuksemburg Fondining “Markaziy Osiyoda iqlim migratsiyasi: chaqiriq va yechimlar” grant loyihasi amalga oshirildi

Germaniyaning Roza Lyuksemburg Fondining “Markaziy Osiyoda iqlim migratsiyasi: chaqiriq va yechimlar” grant loyihasi amalga oshirildi

news_in

2022-yil 15-maydan 15-noyabrgacha JIDUda Germaniyaning Roza Lyuksemburg Fondining qisqa muddatli grantlar darsturi doirasida “Markaziy Osiyoda iqlim migratsiyasi: chaqiriq va yechimlar” mavzusida grant loyihasi amalga oshirildi.

Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad – xorijiy va o‘zbekistonlik ekspertlar fikr va prognozlarini jamlagan holda, Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni aniqlash, ularga nisbatan samarali chora ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berishdan iborat. Shuningdek, mintaqa akademik doiralarida bu muammoni dolzarbligini oshirish, va bu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi pozitsiyasi hamda milliy olim va amaliyotchilar ovozini keng hamjamiyatga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.

Ajratilgan mablag‘lar hisobidan joriy yilning 19-oktabrida xalqaro konferensiya, 20 va 29-oktabr kunlarida talabalar uchun 2 ta mahorat darslari tashkil etildi.

Xalqaro konferensiyada Buyuk Britaniya ochiq universiteti professori L.Lombardotsii, Germaniyaning Roza Lyuksemburg Fondi Markaziy Osiyo ofisi rahbari M. Linke, Qozog‘iston Iqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari E.Karimov, Qirg‘iziston “BIOM” ekologik harakati rahbari V.Korotenko va Tojikistonning “The Little Earth” NNTdan T.Idrisov, O‘zbekiston Respublikasi Senati Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi B.Alixonov, BMT Narkotiklar va jinoyatchilik boshqarmasi milliy koordinatori A.Irmanov, mustaqil tadqiqotchi B.Eshonov kabi soha bo‘yicha mahalliy olimlar, ekspertlar va amaliyotchi mutaxassislar ishtirok etdi. Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari tarkibidan “Xalqaro munosabatlar” fakulteti dekani M.Baxadirov va Xalqaro istiqbolli tadqiqotlar instituti laboratoriya direktori A.Seitov qatnashdi.

20-oktabrda tashkil etilgan mahorat darsini mutaxassis V.Korotenko olib bordi, 29-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Senati qo‘mita raisi B.Alixonov talabalarga dolzarb mintaqaviy ekologik muammolarning nazariy jihatlari haqida maruza o‘qidi.

Loyiha 2 qismdan iborat bo‘lib, grant dasturining ikkinchi qismi 2023-yilning yanvar-mart oylarida amalga oshirish yuzasidan Fond bilan hamkorlik shartnomasi imzolangan. Bu davrda xalqaro konferensiya ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan maqolalar va universitet professor-o‘qituvchilari, talaba, magistrant va doktorantlari tomonidan yuborilgan va saralangan ilmiy ishlar kollektiv monografiya ko‘rinishida chop etilishi rejalashtirilgan.