“Inson taraqqiyoti va O‘zbekistonda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish istiqbollari” mavzusidagi davra suhbati

“Inson taraqqiyoti va O‘zbekistonda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish istiqbollari” mavzusidagi davra suhbati

news_in

2022-yil 1-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Inson taraqqiyoti va O‘zbekistonda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish istiqbollari”mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tadi. Ushbu davra suhbati Barqaror rivojlanish markazining ochilishiga bag‘ishlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-iyuldagi “Jahon iqtisodiyoti vadiplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-330-sonliqarori bilan JIDU “Smart university” konsepsiyasi asosida transformatsiya qilindi. Universitet qoshida Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti tashkil etilgan bo’lib, uning tarkibida Barqaror Rivojlanish Markazi tashkil etilgan. Markaz faoliyatining asosiy maqsadi ilmiy, uslubiy, axborot-tahliliy faoliyat orqali barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad-vazifalarni samarali amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

Davra suhbatida universitetning yetakchi mutaxassislari, Barqaror rivojlanish milliy maqsadlariga erishish uchun mas’ul vazirlik va idoralar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirok etadi. Ushbu tadbirning asosiy ma’ruzachisi BMTTDning Yevropa va MDH mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy byurosining katta maslahatchisi doktor Ben Slay bo’lib, janob Slay «Beqaror zamon, behalovat hayot: o‘zgaruvchan dunyoda o‘z kelajagimizni shakllantirish» nomli Global Inson taraqqiyoti hisoboti (2022)ning asosiy natijalari haqida ma’ruza qilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, tadbirda BRM (SDG)ga erishish yo‘lidagi to‘siqlar va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilinadi hamda O’zbekistonda barqaror rivojlanish milliy maqsadlariga erishish istiqbollari taqdimoti o‘tkazilad. Shuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Barqaror rivojlanish milliy maqsad va vazifalarini ilmiy-uslubiy yo‘nalishlar orqali samarali amalga oshirishga ko‘maklashishni maqsad qilgan universitet qoshida ochilgan Barqaror rivojlanish markazi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Matbuot uchun malumot

Asosiy ma’ruzachi janob Ben SlaBMTTDning Yevropa va MDH bo‘yicha mintaqaviy byurosining yetakchi iqtisodchisi (senior economistbolibiqtisod va siyosat tahlili, barqaror rivojlanish boyicha dasturlash, tadqiqot va talim, BMTTD strategik dastur va loyihalarni boshqarish bo‘yicha 25 yillik tajribaga ega. 2001-yildan beri u BMTTDning Bratislavadagi Mintaqaviy markazi direktori lavozimida ishlab, vazirlar/hukumat amaldorlari va BMTTD yuqori rahbariyatiga asosiy iqtisodiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatlar berib kelgan. 2008-yilda doktor Ben Slay BMTTDning Yevropa va MDH mintaqaviy bo‘limida yetakchi iqtisodchi ofisini tashkil qildi. 2012-yilda BMTTD Rivojlanish siyosati byurosida Barqaror rivojlanish bo‘yicha yetakchi maslahatchi lavozimida ishlagan. 2013-2014 yillarda BMTTDning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida qashshoqlikni kamaytirish guruhi rahbari bo‘lgan. Doktor Ben Slay PlanEcon Inc. akademiyasidafaoliyat yuritgan hamda Amerikaning bir qator nufuzli universitet va kollejlarida iqtisodiyot kursidanma’ruzalar olib borgan.

2021-2022-yillardagi Inson taraqqiyoti hisoboti Birlashgan Millatlar TashkilotiningTaraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan 1990-yildan buyon Inson taraqqiyoti toʻgʻrisidagi Globalhisobotlarning eng soʻnggisi boʻlib, rivojlanishning muhim muammolari, tendensiyalari va mazkurjavhada olib borilayotgan siyosat empirik tahlilini o’zida aks ettiradi (Inson taraqqiyoti hisoboti2021/2022 bilan bog‘liq qo‘shimcha manbalarni http://hdr.undp.org saytidan topishingiz mumkin).

O’zbekiston 2021-yilda 0,727 indeksi bilan 191 mamlakat orasida 101-o‘rinni egalladi. Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda jahon tendensiyalaridan farqli o‘laroq, inson taraqqiyoti indeksida ijobiy o’zgarish kuzatilmoqda. 2000-2021-yillar oralig’ida Oʻzbekistonning Inson taraqqiyoti indeksi koʻrsatkichi 19,8 foizga (0,607 dan 0,727 ga) oshgan. Aholi jon boshiga yalpi milliy daromad mazkur davrda qariyb 188,8 foizga o’sdi.

BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlari 2030 (BRM 2030) 17 ta maqsaddan iborat bo’lib, 2015-yilda BMTga a’zo 193-mamlakat tomonidan dastur sifatida qabul qilingan hamda iqtisodiy o’sish, ijtimoiy inklyuziya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan.