Toshkent, Oʻzbekiston – 29-iyul 2024-yil. 2023-yil 22-25-iyul kunlari Moskvada A.Gromiko nomidagi MDH yoshlari xalqaromunosabatlar forumi boʻlib oʻtdi. Unda MDH davlatlaridan 50 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Tadbirga Rossiya Fanlar Akademiyasi, Tashqiishlar vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti ma'muriyatining olimlari va ekspertlari taklifqilindi. Oʻzbekiston nomidan Istiqbolli xalqarotadqiqotlar instituti (IXTI) ilmiy xodimi Islomxon Gafarov va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyauniversiteti (JIDU) “Xalqaro munosabatlar” fakulteti dekan o'rinbosari Abdulaziz Rahmatullayev ishtirok etdi.
Forumning birinchi kuni Rossiya Fanlarakademiyasining Yevropa institutida boʻlib oʻtdi. Tabdirning ochilishida RAN Yevropa institutidirektori va A.Gromiko nomidagi Tashqi siyosattadqiqotlari assotsiatsiyasi raisi Aleksey Anatolyevich Gromiko, Rossiya Federatsiyasi Federal Kengashi Xalqaro ishlar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Andrey Arkadyevich Klimov va Rossiya TIV Ikkinchi MDH departamenti direktori oʻrinbosari Dmitriy Mixaylovich Demurin nutq soʻzladilar.
Kunning ikkinchi yarmida Forum ishtirokchilarining taqdimotlari boʻlib oʻtdi. IXTI xodimi Islomxon Gafarovning nutqi MDH davlatlarining tashqi siyosat strategiyalarigaqaratildi. Uning fikriga koʻra, asosiy tutashishnuqtalari xalqaro transport yoʻlaklarinirivojlantirish, savdo va Afgʻonistondagi vaziyatbilan bog'liq masalalardir.
24-iyul kuni, Forumning ikkinchi kuni, tadbir MGIMO binosida davom etdi. Tabdirning ochilishida rektor Anatoliy Torkunov, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Ma'muriyatining chegarahamkorligi boʻlimi boshligʻi o'rinbosari Sergey Malenko va Rossiya TIV Axborot va matbuotdepartamenti direktori Mariya Zaxarova soʻzgachiqdilar. Oʻz nutqlarida ular A.Gromikoning hissasini va postsovet hududidagi insonkapitalining ahamiyatini ta'kidladilar. Bundaytadbirlar yoshlar va ilmiy doiralarniyaqinlashtirishga, MDH davlatlari oʻrtasidagimunosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Kunning ikkinchi yarmida Rossiya Tashqiishlar vazirligiga ekskursiya uyushtirildi, u yerda MDH ning Uchinchi departamenti direktori Aleksandr Vadimovich Sternik bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Professional diplomat bilan boʻlganuchrashuv, uning hayoti va kasbiy tajribasi bilan boʻlishishi ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.
A.Gromiko nomidagi MDH yoshlari xalqaromunosabatlar forumi MDH davlatlari yoshmutaxassislari va olimlari o'rtasida fikr almashishva aloqa oʻrnatish uchun muhim platformagaaylandi. Toʻrt kun davomida ishtirokchilar nafaqat oʻz tadqiqotlari va loyihalarini taqdim etish, balkidolzarb tashqi siyosat masalalarini muhokamaqilish, yangi tutashish nuqtalarini topish vakelgusidagi hamkorlik yo'nalishlarini belgilashimkoniyatiga ega boʻldilar.