Ispaniya Elchixonasining O'zbekistondagi vaqtinchalik vakili Gonsalo Furnye Konde o‘rtasida uchrashuvi to‘g‘risida

Ispaniya Elchixonasining O'zbekistondagi vaqtinchalik vakili Gonsalo Furnye Konde o‘rtasida uchrashuvi to‘g‘risida

news_in

Joriy yilning 7-mart kuni IXITI direktori o‘rinbosari Akram Umarov, Ulug‘bek Ishanxodjayev boshchiligidagi Amerika tadqiqotlari markazi xodimlari va Ispaniya Elchixonasining O'zbekistondagi vaqtinchalik vakili Gonsalo Furnye Konde o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar Lotin Amerikasiga e’tibor qaratgan holda O‘zbekiston va Ispaniya universitetlari o‘rtasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish sohasida ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli rejalarini muhokama qildilar. Lotin Amerikasi mintaqasini o‘rganish bo‘yicha bir qator ochiq darslarni o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Ushbu tashabbus talabalar va ilmiy xodimlarning Lotin Amerikasi tarixi, madaniyati, siyosiy holati va iqtisodiyoti haqidagi bilimlari va tushunchalarini kengaytirishga qaratilgan. 

O‘zbekiston, Ispaniya va Lotin Amerikasi mamlakatlari o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirish va madaniy muloqotni kengaytirish muhimligini ta’kidlab, O‘zbekiston va Ispaniya universitetlari o‘rtasidagi hamkorlikni boshlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.