2023 yil, 2 may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU)da O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha referendumda kuzatuvchi sifatida kelgan Yaponiyaning “Sasakava” tinchlik fondi ilmiy xodimi Ryota Sayto bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Sasakava” fondi va JIDU hamda IXTI o‘rtasida ilmiy-tadqiqot loyihalarni, hamkorlikda ilmiy davra suhbati, konferensiyalarni yulga qo‘yish masalalarini muhokama qilishdan iborat.
Muloqot chog‘ida A.Umarov tomonidan IXTI faoliyati va maqsadlari bilan yaqindan tanishtirildi. Shu bilan birga Markaziy Osiyoning Yaponiya bilan uzaro manfaatli munosabatlarini va Afvg‘onistonda xavfsizlik o‘rnatish masalalarini birgalikda o‘rganish taklifini berdi. Yaponya+MO formatini tadqiqot markazi hamkorligida faoliyat yuritishining ikki tomon uchun ham manfaatli ekani taʼkidlanib, uzoq muddatli harakat dasturini yaratish uchun IXTI o‘z nomzodligini taklif qildi.
Uchrashuvda JIDU Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti direktor o‘rinbosari A.Umarov, sharq tillari kafedrasi rahbari Sh.Gafurova, Osiyo va tinch okeani tadqiqot markazi ilmiy xodimi Abdurasulova Mexriniso ishtirok etdilar.