IXTI ekspertlari Pekinda xizmat safari bilan bo‘ldi

IXTI ekspertlari Pekinda xizmat safari bilan bo‘ldi

news_in

Joriy yilning 23–27-aprel kunlari IXTI direktori o‘rinbosari Odil Gafarov, yetakchi ilmiy xodim Mushtariy Usmonovahamda Kadrlar bilan ishlash va doktorantura dasturi bo‘yicha bosh mutaxassis Saida Saidoxunovaning Pekin shahriga xizmat safari bo‘lib o‘tdi.

IXTI delegatsiyasi Ludong universiteti tomonidan tashkillashtirilgan Xitoyning tashqi siyosatdagi mavqeyi, mamlakatning strategik rejalarida Markaziy Osiyoning o‘rni, transport-logistika yo‘nalishlarini rivojlantirish, mintaqaviy xavfsizlik, muhim mineral resurslar uchun raqobat, shuningdek, ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarning ayrim jihatlariga bag‘ishlangan ilmiy seminarda ishtirok etdi.

Shuningdek, Xitoy tadqiqot markazlari va universitetlari vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi. Xususan, Ludong universitetining Mintaqaviy va mamlakatshunoslik maktabi vakillari – professor Vey Xay va ilmiy xodim Gao Shuan hamda Lyaonin universitetining Amerika va Janubi-Sharqiy Osiyo tadqiqotlari instituti ilmiy xodimi Xanven Luo bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Bundan tashqari, Institut vakillari Pekin universitetining Mamlakatshunoslik va mintaqaviy tadqiqotlar instituti dekani yordamchisi, shu bilan birga, Pekin universitetining Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi direktori Shi Yue bilan ham uchrashdi.

Uchrashuvlar davomida tomonlar O‘zbekiston va Xitoy ekspert doiralari o‘rtasidagi ilmiy-tadqiqot sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini, jumladan, qo‘shma tadqiqotlar, ta’lim dasturlari, qisqa muddatli ma’ruza kurslari va institutsional hamkorlikning yangi shakllarini muhokama qildi.