“Markaziy Osiyo va Janubiy Koreya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning 30 yilligi: baholash va istiqbollar” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi

“Markaziy Osiyo va Janubiy Koreya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning 30 yilligi: baholash va istiqbollar” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi

news_in

Joriy yilning 6-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar institutining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi tadqiqot markazi hamda Koreya Respublikasining Xanyan universiteti Osiyo va Tinch okeani mintaqasi tadqiqot markazi bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo va Janubiy Koreya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning 30 yilligi: baholash va istiqbollar” mavzusida onlayn ilmiy seminar tashkil etildi.

Seminar Markaziy Osiyo va Janubiy Koreya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarga doir iqtisodiy va siyosiy masalalarni qamrab oldi. Seminarning maqsadi O‘zbekiston va Koreyadagi dolzarb amaliy va nazariy muammolarni muhokama qilish orqali ilmiy tadqiqotlar rivojiga hamda umumiy ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal yetishga ko‘maklashishdan iborat edi.

O‘zining tabrik so‘zida Xanyan universiteti direktori prof. Gu Xo Yeom O‘zbekiston Koreya Respublikasining Markaziy Osiyo mintaqasidagi asosiy hamkori ekanligini va Seul ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash niyatida yekanini taʼkidladi. O‘z navbatida JIDU prorektori, hamda OTT Markazi rahbari Z.Po‘latxo‘jayev 2019-yilda ikki mamlakat munosabatlari alohida strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgach, siyosat, savdo, sarmoya va madaniyat sohalaridagi almashinuvlar yangi bosqichga o‘tganini alohida taʼkidladi.

Seminarda Koreyaning Koreya Yevrosiyo siyosati instituti prezidenti Jae Nam KO “Markaziy Osiyo va Janubiy Koreya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning 30 yillik davri” mavzusida, KOTRAning katta ilmiy xodimi Jivon PARKning “Markaziy Osiyo va Janubiy Koreya o‘rtasidagi 30 yillik iqtisodiy munosabatlar” mavzusida o‘z taqdimotlarini namoyish qilishdi.

O‘zbek tomonidan IXTI professorlari Laylo Tashpulotova hamda Valeriy Xan o‘z maruzalari bilan ishtirok etishdi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining Koreya bo‘yicha ekspertlari ham o‘z savol va takliflari bilan ishtirok etishdi.