Markaziy Osiyoda ijtimoiy fanlar bilimlari va rivojlanishi bo‘yicha seminar

Markaziy Osiyoda ijtimoiy fanlar bilimlari va rivojlanishi bo‘yicha seminar

news_in

2023-yilning 2-3-iyun kunlari Amsterdam universiteti va IXTI bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Markaziy Osiyoda ijtimoiy fanlar va taraqqiyot: sotsializmdan “o‘tishga”" mavzusida 2 kunlik seminar bo‘lib o‘tdi.

Unga Markaziy Osiyo, Yevropa va AQSh davlatlaridan ilmiy jihatdan ham, hayotda ham “o‘tish” davrining guvohi bo‘lgan va boshidan kechirgan olimlar taklif etildi. Seminar asosiy fikrlar taqdimoti, so‘ng keng muhokama shaklida o‘tdi. Tadbirni kirish so‘zlari bilan Akram Umarov, Gulnoza Ismoilova va Artemiy Kalinovskiy so‘zladi.


Seminar 6 tematik bo'limga bo'lindi:
1. Tarix
2. Iqtisodiyot
3. Sotsiologiya va taraqqiyot/Sotsiologiyaning rivojlanishi
4. Rivojlanish ob'ektlari
5. Migratsiya va mobillik
6. Rivojlanish shakllari
Ikki kun davom etgan seminarlarda Oʻzbekistonda SSSR parchalanganidan keyin ijtimoiy-gumanitar fanlarning oʻziga xos xususiyatlari, Markaziy Osiyo mamlakatlarida davlat qurilishi va taraqqiyoti bo'yicha amalga oshirgan ilmiy izlanishlari koʻrib chiqildi. Tadqiqotchilar iqtisodiyotning shakllanishi masalasiga ham to‘xtalib o‘tdilar: ular postsovet nomenklaturasining iqtisodiy qarashlari, iqtisodiy diplomatiya paradigmalarining o‘zgarishi haqida gapirdilar. Mamlakatda qashshoqlikni kamaytirish va aholi farovonligini oshirishga oid savollar hamda gender tadqiqotlari, migratsiya va mobillik bilan bog‘liq mavzular qizg‘in muhokama qilindi.