2024 yilning 8 yanvarida “Energetik geosiyosat” markazining ilmiy xodimi, i.f.n. A.A.Abduvaliyev UNESCO bilan hamkorlikda The International Science Council (ISC) hamda The Centre for Science Futures mualliflar jamoasi tomonidan tayyorlangan “The Contextualization deficit. Reframing Trust in Science for Multilateral Policy” (Kontekstualizatsiya yetishmasligi: keng qamrovli siyosat uchun ilm-fanga ishonchni shakllantirish) mavzusidagi ilmiy nashrning muhokamasida ishtirok etdi.
Muhokamada ilmiy nashrning asosiy jihatlaridan:
1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030 yilga qadar Barkaror Rivojlanish Maqsadlarida belgilangan maqsad va vazifalar qamrovi va unda ilm-fanning o‘rni va ahamiyati;
2. Keng qamrovli siyosatni shakllantirishda ilm-fan va jamiyatning aloqadorligini taʼminlash;
3. Ilm-fanga ishonchni oshirish va unda davlatning siyosati va jamiyatning roli;
4. Jamiyatda ilm-fanga ishonchni oshirishda ijtimoiy platformalar shu jumladan, Sunʼiy intellektning roli kabi tadqiqot natijalari muhokamasi amalga oshirildi.