Nepalning Osiyo diplomatiya va xalqaro munosabatlar instituti (AIDIA) aql markazi rahbariyati bilan onlayn uchrashuv

Nepalning Osiyo diplomatiya va xalqaro munosabatlar instituti (AIDIA) aql markazi rahbariyati bilan onlayn uchrashuv

news_in

Joriy yilning 1-iyul sanasida Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti tomonidan Nepalning Osiyo diplomatiya va xalqaro munosabatlar instituti (AIDIA) aql markazi rahbariyati bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda IXTI tomonidan Afg‘oniston va Janubiy Osiyoni o‘rganish yetakchi ilmiy xodimi Islomxon Gafarov hamda Barqaror rivojlanish markazi ilmiy xodimi Azizjon Ziyodullayev ishtirok etdilar.

 Uchrashuv mobaynida tomonlar O‘zbekiston va Nepalning aloqalari va ularning istiqbollari haqida fikr almashdilar. Xususan, iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar hamda Markaziy va Janubiy Osiyoning bog‘liqligi bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra avgust oyining boshida Markaziy hamda Janubiy Osiyoning bog‘liqligi bo‘yicha hamkorlikda onlayn konferensiya tashkil etish, bundan tashqari sentabr oyigacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston va Nepal aloqalariga bag‘ishlangan ilmiy maqola yozishga kelishib olindi.