Nippon jamg‘armasi bilan uchrashuv haqida

Nippon jamg‘armasi bilan uchrashuv haqida

news_in

Joriy yilning 15 aprel kuni JIDU huzuridagi Istiqbolli Xalqaro Tadqiqotlar Instituti(IXTI) Nippon jamg‘armasiga “O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini rivojlantirish istiqbollari: innovatsion muhit, institutsional xilma-xillik va barqarorlik” loyihasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida qisqa hisobot taqdim etdi.

Uchrashuvda Nippon fondi va IXTI vakillari tadqiqot natijalari yuzasidan fikr almashdilar, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar. Yig‘ilishda taqdim etilgan ma’ruzada O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi tadqiqotlar va tahlillar asosida batafsil tahlil va tavsiyalar o‘rin olgan.

“Biz Nippon jamg‘armasi bilan hamkorlikdagi loyihamiz to‘g‘risida hisobot taqdim etishdan mamnunmiz. Ushbu hisobot bizning yaqin hamkorligimiz natijasi bo‘lib, barcha manfaatdor tomonlar uchun samarali ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi degan umiddaman”, deya ta’kidladi IXTI direktori o‘rinbosari Akram Umarov.

Nippon jamg'armasi ijrochi direktori janob Mori, o'z navbatida, hisobotni tayyorlashga hissa qo'shgan barcha loyiha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirib, kelgusida ham muvaffaqiyatli hamkorlik qilishiga umid bildirdi.