O'zbekistonda Monterey trialogi haqida

O'zbekistonda Monterey trialogi haqida

news_in

2023-yilning 15-18-noyabr kunlari AQSh, Rossiya, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlarining yetakchi ekspertlari ishtirokida Toshkent shahrida Monterey trialogining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Montereydagi Midlberi xalqaro tadqiqotlar instituti (AQSh) va JIDU huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etildi.

Monterey trialogi Midlberi xalqaro tadqiqotlar instituti (AQSh) tashabbusi bo‘lib, yetakchi amerikalik, rossiyalik va xitoylik olimlar hamda siyosatshunoslik hamjamiyatining vakillariga tajriba va fikr almashish, mojaro va hamkorlik sohalarini ko‘rib chiqish uchun platforma yaratadi.

Anjuman davomida olimlar xalqaro siyosat, mintaqaviy hamkorlik va ikki tomonlama munosabatlarning bir qator muhim masalalarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldi. Muhokamalar chog‘ida xorijlik ekspertlar O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatiga oid mavzularda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi.