O‘zbekiston fuqarolari tinglab tadqiqot natijalari

O‘zbekiston fuqarolari tinglab tadqiqot natijalari

news_in

26-fevral kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan “O‘zbekiston fuqarolari tinglab tadqiqot natijalari: Yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanishga o‘tish” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Muhokamalarda quyidagi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar –O‘zbekiston  Respublikasi Oliy Majlisi Senati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasining yetakchi ekspertlari, , Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy rivojlanish byurosi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, shuningdek, boshqa tegishli tashkilotlar mutaxassislari. Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar institutidan direktor o‘rinbosari Akram Umarov va ilmiy xodim Yulduzxon Imomovalar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar mamlakat taraqqiyotidagi umumiy tendentsiyalarni, jumladan, iqtisodiy o'sish va o'zgaruvchan sharoitlarda oziq-ovqat xavfsizligi muammolarini muhokama qildilar. Mintaqaviy iqtisodiy va barqaror rivojlanish hamda ekologiya sohasidagi joriy islohotlar, shuningdek, O‘zbekistonning yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonini jadallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.