2023-yilning 14-mart kuni JIDU Diplomatik akademiyasi direktori o‘rinbosari A.Haydarov va Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) direktori o‘rinbosari A.Umarov, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vazirligining Osiyoda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash tarmog‘i rahbari K.Felton boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Afg‘onistondan yuzaga kelayotgan ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq tahdidlarga qarshi kurash va ularning oldini olishda yetarli salohiyatga egaligi takidlab o’tildi. Shubhasiz, Afg‘onistondagi vaziyat keyinchalik boshqa salbiy holatlarni ham yuzaga keltirishi mumkinligi aytib o’tildi. Albatta bunda mamlakatdagi terroristik va ekstremistik tashkilotlarning bir-biriga yod g‘oyalari asosiy harakatlantiruvchi kuch bo‘lishi mumkin ekanligi, shu bilan birga Afg‘onistonda “Tolibon” hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan pashtunlashtirishga urinishlar mamlakatdagi vaziyatni ayniqsa uning shimoliy hududlarida yanada murakkablashtirishi mumkinligini qayd etib o‘tishdi.
Uchrashuv yakunida, Britaniya tomonining grant mablagʻlari hisobidan IXTI ijro qiluvchi “Markaziy Osiyoda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash” loyihasini amalga oshirish boʻyicha kelishuv imzolandi. Loyiha doirasida institut tomonidan ushbu mavzu bo‘yicha bir qator tahliliy materiallar tayyorlanadi, shuningdek, hududiy davra suhbati tashkil etiladi.