Afg‘oniston bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya davra suhbati haqida

Afg‘oniston bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya davra suhbati haqida

news_in

Joriy yilning 30-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida IXTI va Rossiya Fanlar Akademiyasi Jahon iqtisoditoti va xalqaro munosabatlar instituti (IMEMO) tahlil markazlari o‘rtasida "Afg‘oniston: xavf va imkoniyatlar" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilar Afg‘onistondagi hozirgi vaziyat va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining turli jihatlari va u duch kelayotgan qiyinchiliklarni muhokama qildilar. Davra suhbati ishtirokchilari Afg‘onistondagi vaziyatdan xavotirlarini bildirishdi va mintaqada tinchlik, barqarorlik va rivojlanishni samarali qo‘llab-quvvatlash uchun keyingi monitoring va tahlil muhimligini ta’kidladilar.

Afg‘oniston bo‘yicha davra suhbati mamlakatdagi murakkab vaziyatni tushunish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi va mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash bo‘yicha oqilona tavsiyalar va siyosiy qarorlarni shakllantirishga ko‘mak ko‘rsatdi.