Yevropa istiqbollari va xavfsizligi instituti (Fransiya) prezidenti Emmanuel Dupuy bilan uchrashuv to‘g‘risida

Yevropa istiqbollari va xavfsizligi instituti (Fransiya) prezidenti Emmanuel Dupuy bilan uchrashuv to‘g‘risida

news_in

2023 yil 1 may O‘zbekistonga Konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha referendumda kuzatuvchi sifatida kelgan Yevropa istiqbollari va xavfsizligi instituti prezidenti E.Dyupuy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

E.Dyupuy O‘zbekistonda bir necha bor bo‘lganini va shaharlar qiyofasidagi, umuman, mamlakat jamoat hayotidagi ko‘plab tashqi va tarkibiy o‘zgarishlardan hayratda qolganini aytdi.

Emanuel Dupuy

Uchrashuv ishtirokchilari ushbu fransuz tahliliy markazi va IXTI o‘rtasida xalqaro ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.

Yig‘ilishda Ilg‘or Xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) – direktor o‘rinbosari A.Umarov, Yevropa tadqiqotlari markazlari rahbari R.Qayumov va Energetika geopolitikasi bo‘limi boshlig‘i N.Muhammadqulova, IXTI yetakchi ilmiy xodimlari H.Boltayev va Sh.Bahromovalar ishtirok etdilar. .