2023 yil 29 aprel O‘zbekistonga Konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha referendumda kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan Matvey Korvin nomidagi Budapesht universiteti Markaziy Osiyo bo‘yicha Markazi fan direktori M.Kraznay bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar xalqaro ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda, jumladan, Yevropa Ittifoqining Erasmus+ va Horizon dasturlari doirasida mazkur Markazning JIDU va Istoqbolli Xalqaro tadqiqotlar instituti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.
M.Kraznay O‘zbekistonga so‘nggi tashrifidan buyon mamlakatimizda hokimiyatning barcha tarmoqlari hamda davlat va jamiyat qurilishi, huquq tizimi, iqtisodiy va ijtimoiy sohalar kabi jadal keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilganini ta’kidladi.
Uchrashuvda: JIDU tomonidan prorektor G.Ismoilova, Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI)dan direktor oʻrinbosari A.Umarov, Yevropa tadqiqotlari markazlari rahbari R.Qayumov va energetika geosiyosati boʻlimi rahbari N.Muxammadqulova, Afg‘oniston va Janubiy Osiyo tadqiqotlari markazi xodimi X. Boltayev.