“Oʻzbekistonda barqaror turizmni rivojlantirish uchun tadqiqot va ta’limni rivojlantirish” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi

“Oʻzbekistonda barqaror turizmni rivojlantirish uchun tadqiqot va ta’limni rivojlantirish” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi

news_in

2022-yil 20-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar institutining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi tadqiqot markazi hamda Nagoya Universitetining zbekistondagi vakolat xonasi bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonda barqaror turizmni rivojlantirish uchun tadqiqot va talimni rivojlantirish mavzusida gibrid tarzda ilmiy seminar tashkil etildi.

Seminarning maqsadi turizm faoliyatini rivojlantirish va boshqarishda atrof-muhit, hayvonot dunyosi va tabiiy resurslarni muhofaza qilish orqali turizmning mamlakat uchun foydasini oshirish va uning salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida barqaror turizm sohasidagi ilmiy-tadqiqot va ta’limni yoritish hamda targʻib qilishdan iborat edi.
Seminarda Yaponiyaning Tokio qishloq xoʻjaligi va texnologiya Universiteti professori Kavabata Yoshiko, Vakayama Universiteti professori Nakamoto Kazuye, Nagoya Universitetining Xalqaro taraqqiyot oliy maktabi professori Umemura Tetsuo oʻz taqdimotlarini namoyish qilishdi.

​Oʻzbekiston tomonidan JIDU dotsenti Suriya Turayeva hamda Surayyo Usmonova oʻz ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Ayniqsa, Turizm va madaniy meros vaziri maslahatchisi Temur Mirzayevning “Oʻzbekistonda ekoturizmning salohiyati va rivojlanish yoʻllari” mavzusidagi taqdimoti talabalar hamda JICA tomonidan ishtirok etgan ekspertlarda katta qiziqish uygʻotdi. Osiyo va Tinch Okeani Mintaqasi Tadqiqot Markazi mazkur seminar yakuni boʻyicha broshyura qoʻllanmasini chop etishni rejalashtirgan.