“O‘zbekistonning diplomatik resurs sifatidagi madaniy-sivilizatsion salohiyati” mavzusida davra suhbati

“O‘zbekistonning diplomatik resurs sifatidagi madaniy-sivilizatsion salohiyati” mavzusida davra suhbati

news_in

Joriy yilning 23 iyun kuni Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti tomonidan “O‘zbekistonning diplomatik resurs sifatidagi madaniy-sivilizatsion salohiyati” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirni Xalqaro tadqiqotlar instituti direktori Sherzod Abdullayev kirish so‘zi bilan ochdi. Shuningdek, uchrashuvda Shahnoza G‘aniyeva “Meros - O‘zbekistonning yumshoq kuchi omili”, Tigran Mkrtichev “O‘zbekistonning qadimiy tarixi zamonaviy davrda siyosiy munosabatlarni shakllantirish omili sifatida”, Aleksandr Djumaev “Madaniyat va madaniy meros: muammolar va tendentsiyalarni aniqlashga urinish” mavzularida ma’ruza qildilar

Ushbu seminar O'zbekistonda yumshoq kuch tushunchasining g'oyasi va chuqurligini ochib berishga harakat qilgan turli toifadagi amaliyotchilarni birlashtirdi.

Sovet tuzumining merosi haqida savol ko'tarildi va shu bilan birga uni qayta ko'rib chiqish, muhim manbaa sifatida to'g'ri tasarruf etishni talab qilishini takidlab o'tildi.

Yuqoridagi masalalar yuzasidan munozaralarni boshlashga qaratilgan ushbu urinish faqat boshlang‘ich nuqta ekanligi, u uzoq va doimiy mulohaza yuritishni talab etishi qayd etildi.