Filippo Buranelli ishtirokidagi seminar-trening

Filippo Buranelli ishtirokidagi seminar-trening

news_in

Joriy yilning 12-yanvarida Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti tashabbusi bilan Shotlandiyadagi Sent-Endryus universiteti Xalqaro munosabatlar maktabi dotsenti Filippo Kosta Buranelli tomonidan "Markaziy Osiyo, xalqaro munosabatlar nazariyasi va tadqiqot usullari" mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.

Seminar davomida ekspert Markaziy Osiyoda mintaqaviy rivojlanish istiqbollari, shuningdek, O'zbekistonning mintaqa mamlakatlari o'rtasidagi hamkorlikni jadallashtirish tashabbusi haqida batafsil ma'lumot berdi. Tadbir yakunida IXTI va JIDU tadqiqotchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishga muvaffaq bo'lishdi, shuningdek, qo'shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish rejalarini muhokama qilishdi.