IXTI xodimi Gruziyadagi YeXHT yozgi maktabida ishtirok etdi

IXTI xodimi Gruziyadagi YeXHT yozgi maktabida ishtirok etdi

news_in

Joriy yilning 14-18 iyul kunlari JIDU huzuridagi IXTI Amerikani o‘rganish markazining yetakchi ilmiy xodimi Fazliddin Djamalov AQSh missiyasi va Finlyandiyaning YeXHTdagi doimiy vakolatxonasi homiyligida Tashkilotning mojarolarning oldini olish markazi tomonidan tashkil etilgan Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazdan kelgan yosh tadqiqotchilar uchun Gruziyada YEXHT yozgi maktabida ishtirok etdi. Ushbu tadbirda ishtirok etish uchun 1200 ta arizadan 5 ta Markaziy Osiyo mamlakatlari va 3 ta Janubiy Kavkaz mamlakatlaridan 20 nafar yoshlar tanlab olindi.

 

Maktab doirasida YeXHTning turli institutlari ekspertlari tashkilotning 3 ta ustuvor yo‘nalishi, ya’ni, siyosiy-harbiy hamkorlik, iqtisodiy-ekologik sheriklik va inson kapitali sohasidagi o‘zaro aloqalar bo‘yicha interaktiv tematik ma’ruzalar bilan chiqishdi. Tadbir tashkilotning turli institutlarini, shuningdek, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdagi amaliy faoliyatini yaxshiroq tushunishga yordam berdi. Intensiv mashg‘ulotlar natijasida maktab ishtirokchilariga sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.