“O’zbeksitonda oliy ta’lim transformatsiyasi: Yaponiya bilan hamkorlikda innovatsiya va global mukamallik sari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar

“O’zbeksitonda oliy ta’lim transformatsiyasi: Yaponiya bilan hamkorlikda innovatsiya va global mukamallik sari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar

news_in

Toshkent, O’zbekiston – 9-avgust 2024. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU)da “O’zbeksitonda oliy ta’lim transformatsiyasi: Yaponiya bilan hamkorlikda innovatsiya va global mukamallik sari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbir JIDU huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) tomonidan IXTI hamda Nippon Foundation jamg’armasi (Yaponiya) hamkorligida amalga oshirilgan keng ko‘lamli loyihaning yakuniy qismi sifatida tashkil etildi.

 

Loyiha doirasida Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimining bugungi holati, muammolari va istiqbollarini oʻrganish, sohadagi keyingi islohotlar jarayoniga olimlar va mutaxassislarni jalb etish, Markaziy Osiyo va Yaponiya oʻrtasidagi ilmiy-maʼrifiy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, oliy taʼlim muassasalari tarmogʻini rivojlantirishga qaratilgan kompleks tadqiqot olib borildi.

 

Tadqiqotda Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Samarqand hamda Surxondaryo viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalari qamrab olindi. 1270 nafardan ortiq respondent – ​​talabalar, oliy o‘quv yurtlari rahbariyati va professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari ishtirokida sotsiologik so‘rov va chuqurlashtirilgan intervyular o‘tkazildi.

 

Loyihaning yakuniy tadbirida tadqiqot natijalari e`lon qilindi. Ilmiy-amaliy seminarda O‘zbekiston Respublikasining tegishli vazirlik va idoralari, Yaponiyaning Toshkentdagi elchixonasi hamda Nippon Foundation jamg‘armasi vakillari, Markaziy Osiyo va Yaponiyaning yetakchi universitetlari olimlarini qatnashdi.

 

Ishtirokshilar to'rtta muhokama paneli doirasida O'zbekistonda oliy ta'lim sifatini oshirish, iqtisodiyot va oliy ta'limning o'zaro bog’liqliligi, akademik mustaqillik, ilm-fanni ommalashtirish, ilmiy loyihalarni moliyalashtirish va tijoratlashtirish masalalari, shuningdek, Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasida fan va ta’lim sohasidagi hamkorlik tajribasi borasida atroflicha fikr almashdi.

 

Bildirilgan fikr-mulohazalar asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va tadqiqotning yakuniy hisobotida aks ettirish ko`zda tutilgan.