Markaziy Osiyo xalqaro munosabatlarning rivojlanayotgan quyi tizimi sifatida

Markaziy Osiyo xalqaro munosabatlarning rivojlanayotgan quyi tizimi sifatida

news_in

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti mutaxassislari “Markaziy Osiyo xalqaro munosabatlarning rivojlanayotgan quyi tizimi sifatida” jamoaviy monografiyasining hammualliflari bo‘ldi.

Moskvadagi “Aspekt Press” nashriyotida chop etilgan jamoaviy monografiya keng manbalar va adabiyotlarni har tomonlama va tizimli tahlil qilish asosida Markaziy Osiyo mintaqasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ish 2022-yil 16-dekabrda MDH davlatlarining yetakchi olimlari va ekspertlari ishtirokida Patris Lumumba nomidagi Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti (RXDU) xalqaro munosabatlar nazariyasi va tarixi kafedrasi tomonidan Rossiya Davlat gumanitar universiteti (RDGU) Postsovet va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan birgalikda o‘tkazilgan xalqaro ilmiy konferensiya natijalariga asoslangan.

O‘zbekistondan monografiya hammualliflari sifatida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti Iqtisodiy diplomatiya markazi rahbari professor, iqtisod fanlari doktori Ibrohim Mavlanov va ilmiy xodimi Numonjon Malikov ishtirok etdilar.

Monografiya Markaziy Osiyo davlatlarining xalqaro munosabatlar va tashqi siyosati mutaxassislari, mintaqaviy masalalar bo‘yicha mutaxassislar uchun qiziqtiradi.