Yangi istiqbollar va imkoniyatlarni sari

Yangi istiqbollar va imkoniyatlarni sari

news_in

2023-yil 21-26-may kunlari IXTI direktori o‘rinbosari A.Umarov Buyuk Britaniyadagi Kembrij va Sasseks universitetlari tomonidan tashkil etilgan “Afg‘onistondagi shahar musulmonlari jamiyati hayoti: jamiyat va siyosat haqidagi muqobil g‘oyalar” mavzusidagi konferensiyada ishtirok etish uchun Buyuk Britaniyaga xizmat safarini amalga oshirdi. Tadbirda Yevropa davlatlari (Germaniya, Daniya, Chexiya) va AQSH universitetlari vakillari ishtirok etishdi. Shu bilan birga, A.Umarov Braytonga tashrif buyurib, Sasseks universiteti Global tadqiqotlar maktabi direktori professor E.Xarrison va universitetning Osiyo tadqiqotlari markazi rahbari professor M.Marsden bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan joriy yilning fevral oyida imzolangan anglashuv memorandumi doirasida IXTI bilan hamkorlik muzokaralarini o'tkazdi. Uchrashuvlar Sasseks universiteti taraqqiyot instituti, Toni Bleyr nomidagi Global o‘zgarishlar instituti, Qirollik Birlashgan Mudofaa tadqiqotlari instituti (RUSI) va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot departamentida (FCDO) tashkil etildi.