Yosh tadqiqotchilar zamonaviy mintaqaviy tendentsiyalarni o'rganmoqdalar

Yosh tadqiqotchilar zamonaviy mintaqaviy tendentsiyalarni o'rganmoqdalar

news_in

Joriy yilning 30-aprel sanasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti hamda Universitetning faol talabalari tomonidan “Mintaqalar kesimida zamonaviy tendensiyalar” mavzusida xalqaro yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Xalqaro yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyada Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G.Ismailova, IXTI direktor o‘rinbosari A.Umarov, Universitet doktorantlari, magistrantlari, bakalavr talabalari va mehmon sifatida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti hamda Webster universiteti talabalari ishtirok etdilar.

Ilmiy-amaliy konferensiya doirasida Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari bog‘liqligi, Yaqin Sharqdagi geosiyosiy vaziyat, Osiyo-Tinch okeani va Amerika hamda Yevrosiyo makromintaqasidagi jarayonlar bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi. 

Konferensiyaning ikkinchi qismida “Yosh tadqiqotchilar sammiti” bo‘lib o‘tdi. Sammitda Xalqaro huquq, Xalqaro iqtisodiyot va menejment va Xalqaro munosabatlar fakultetlari talabalari o‘z sohalaridagi dolzarb muammolar bo‘yicha nutq qildilar va muhokama panelida fikr almashdilar. 

Xalqaro yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi yakunida “Best speaker” nominatsiyasi ovoz berish orqali aniqlandi va g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

Konferensiya yakunlari bo‘yicha ilmiy tezislar to‘plami nashr etilishi e’lon qilindi.