Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) Frontier Talks seminarlar turkumini davom ettirmoqda — xalqaro munosabatlar, global boshqaruv va mintaqaviy transformatsiyalar bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama qilish maydonchasi.
Navbatdagi sessiya Maria Adele Carrai, NYU Shanghai Global China Studies kafedrasi dotsenti ishtirokida o‘tkaziladi. O‘zining “Global China’s Reach: Mapping Global China – New Methods to Understand China’s Expanding Presence” mavzusidagi ma’ruzasida u Xitoyning global kuch sifatidagi o‘sishi xalqaro me’yorlarni qanday o‘zgartirayotgani va kuchlar muvozanatini qayta belgilayotgani haqida so‘z yuritadi, shuningdek Mapping Global China tashabbusining innovatsion metodologik yondashuvlarini taqdim etadi.
Seminar talabalarga, tadqiqotchilarga, siyosatshunoslarga va akademik hamjamiyat vakillari uchun ochiq.
Sana: 29-sentabr 2025-yil
Vaqt: 11:00 (Toshkent vaqti bilan)
Joy: IXTI majlislar zali