Ilmiy xodim
Azizjon Ziyodullayev Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro munosabatlar bo‘yicha bakalavr darajasiga ega, shuningdek, Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti Barqaror rivojlanish markazining ilmiy xodimi. U Markazda barqaror rivojlanish, iqtisodiy taraqqiyot va xalqaro munosabatlar bo‘yicha tadqiqotlarga hissa qo‘shmoqda. Diplom ishi “Xalqaro xavfsizlik sohasida Yevro-Atlantika munosabatlarining taraqqiyoti” mavzusiga bag‘ishlangan bo’lib, uning ilmiy qiziqishi xalqaro xavfsizlikka qaratilgan. U seminar va konferensiyalarda faol ishtirok etib, mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha tahliliy hisobotlar tayyorlashda faol ishtirok etadi.
2024-yil 5-iyun kuni federal parlamentli konstitutsiyaviy respublika bo‘lgan Hindiston Respublikasi o‘zining 18-Lok Sabha umumiy saylovi natijalarini e’lon qildi. Bosh vazir Narendra Modi boshchiligidagi Bharatiya Janata partiyasi (BJP) Hindistonning ikki palatali parlamenti quyi palatasi — 543 aʼzolik Lok Sabxada 240 oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bu natija hind siyosiy kuzatuvchilari tomonidan hayratlanarli deb ta'riflandi, chunki BJP o'zining oldingi parlamentdagi o'rinlarining taxminan 20 foizini yo'qotdi, bu esa koalitsion hukumatni shakllantirishni talab qildi.
Tahliliy nashrni o'qish