Gavhar Sultanova

experts_in

Gavhar Sultanova

Iqtisodiy diplomatiya markazi rahbari

Iqtisodiy Diplomatiya Markazi

Tarjimai hol

Doktor Gavhar Sultanova Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti Iqtisodiy diplomatiya markazining rahbari hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti lavozimlarida faoliyat olib boradi. U Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr va magistr darajalariga ega. 2008-yilda iqtisod fanlari nomzodi, 2025-yilda esa iqtisod fanlari doktori ilmiy unvonini olgan. 2004-yildan beri Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida faoliyat yuritib, xalqaro iqtisodiyot va makroiqtisodiyot bo‘yicha ma’ruzalar o‘qib kelmoqda. Shuningdek, doktor Sultanova BMTTDning loyihalarida milliy maslahatchi, Yevropa Ittifoqi va JSTning loyihalarida esa tadqiqotchi sifatida ishlab kelgan.

 

Doktor Sultanova Xalqaro savdo instituti (Shveysariya, 2024), MGIMO (Rossiya, 2019), Malaga universiteti (Ispaniya, 2007), Siyosiy fanlar instituti (Germaniya, 2006)da malaka oshirish kurslarini tamomlagan hamda AQSHning “Study of the U.S. Institute for Scholars” (2022) dasturida ishtirok etgan.

 

Doktor Gavhar Sultanova xalqaro iqtisodiyot, tashqi iqtisodiy faoliyat, barqaror rivojlanish, iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va raqamlashtirish sohalaridagi tadqiqotlarga alohida qiziqish bildiradi. U uchta monografiya va 40 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi bo‘lib, ularning barchasi nufuzli mahalliy va xalqaro nashrlarda chop etilgan.

Nashrlar