Kamola Safoeva

experts_in

Kamola Safoeva

Ilmiy xodim

Barqaror Rivojlanish Markazi

Tarjimai hol

Laylo Tashpulatova (O'zbekiston) - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar Institutining (IXTI) Barqaror rivojlanish markazi rahbari. Ush bu markazning asosiy vazifalari Barqaror rivojlanish Milliy maqsad va vazifalarni samarali amalga oshirilishiga ko'maklashish maqsadida mamlakat, mintaqaviy va xalqaro kontekstda barqaror rivojlanish muammolari bo'yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borishdan iborat.

Laylo Tashpulatova IXTIdagi o‘z lavozimi doirasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini, shu jumladan, ilmiy maqolalar, monografiyalar, axborot-tahliliy materiallarni ishlab chiqish va nashr etish; ta’lim jarayoniga barqaror rivojlanish sohasida yangi kurslar va dasturlarni joriy etish, shuningdek, xalqaro, davlat, jamoatchilik va xususiy tashkilotlar vakillari bilan hamkorlik doirasida barqaror rivojlanishning dolzarb masalalari bo‘yicha konferensiyalar, ilmiy-amaliy seminarlar, treninglar va tadbirlar tashkil etish uchun mas’uldir. Laylo Tashpulatova iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega, JIDU "Xalqaro iqtisodiyot" kafedrasi mudiri. Tadqiqot mavzulari: Makroiqtisodiyot va makroiqtisodiy siyosat, barqaror rivojlanishning turli jihatlari tendentsiyalarini tahlil qilish va monitoring qilish. Laylo Tashpulatova JIDU talabalari va magistrantlari uchun "Makroiqtisodiyot", "Rivojlanish iqtisodiyoti", "innovatsion iqtisodiyot", "iqtisodiy siyosatni tahlili", "Barqaror rivojlanish muammolari" kurslarini olib boradi.

L. Tashpulatova xalqaro taraqqiyot sohasida 16 yildan ortiq professional tajribaga ega bo'lib, BMTTD va YUNESKOda milliy maslahatchi bo'lib ishlagan. U inson taraqqiyoti kontseptsiyasi bo'yicha xalqaro kurslarning murabbiyi, 80 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 5 ta monografiya va 7 ta darslik muallifi.

Nashrlar