Ilmiy xodim
Sardorbek Murtozayev Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi bo‘lib, xalqaro iqtisodiyot, makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, iqtisodiyot nazariyasi fanlaridan seminar o‘quv darslarini olib boradi. Asosiy ilmiy qiziqishi xorijiy investitsiyalar, xususan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va ularning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri, mamlakat investitsion jozibadorli hamda iqtisodiy rivojlanishida rasmiy institutlarning ahamiyati hisoblanadi. Hozirda u tayanch doktoranturada O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda davlat institutlarining o‘rni mavzusida ilmiy ish bilan shug‘ullanmoqda.
Bunga qadar Sardorbek Murtozayev O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligida yetakchi mutaxassis lavozimida ishlab kelgan.
Murtozayev Sardorbek 2020-yilda Jahon iqtisodiyoti va dilomatiya univesitetida “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va jahon iqtisodiyoti” bakalavr yo‘nalishini, 2021-yilda aynan shu universitetning “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” magistratura yo‘nalishini tamomlagan. 2022-yildan boshlab JIDUda “Jahon iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti hisoblanadi.