SHHTning 25 yilligi: kengayish eski ziddiyatlarni kuchaytirdi

Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar

30 Avgust 2026

Ulashish

SHHTning 25 yilligi: kengayish eski ziddiyatlarni kuchaytirdi

IXTI Osiyo-Tinch okeani tadqiqotlari markazi rahbari Abbos Boboxonov SHHT uchun to‘plangan siyosiy salohiyatdan aniq loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikning samarali mexanizmlarini yaratishga o‘tish asosiy chaqiriqqa aylanib borayotganini ta’kidladi. Uning baholashicha, aynan tashkilotning qabul qilinayotgan qarorlardan amaliy natijani ta’minlay olish qobiliyati uning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun kelgusidagi ahamiyatini belgilab beradi.

Shu nuqtayi nazardan, Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi SHHT sammiti tashkilotning o‘z tarkibini kengaytirishdan ko‘ra chuqurroq institutsional rivojlanishga o‘tishga tayyorligining ko‘rsatkichi bo‘lishi mumkin. Ekspertlar SHHTning kelgusidagi evolyutsiyasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar qatorida ichki islohotlarni, tashkilotning o‘z bankini yaratish istiqbollarini, shuningdek, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik xususiyatini ajratib ko‘rsatmoqdalar. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo davlatlari uchun tashkilot doirasida o‘z subyektliligini mustahkamlash va mintaqaviy kun tartibini ilgari surish vazifasi saqlanib qolmoqda.

“Deutsche Welle”’da o‘qing

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.