Abbos Boboxonov Xitoy Ijtimoiy Fanlar Akademiyasi uchun Xitoyning global energetik transformatsiyadagi o’rni haqida fikr bildirdi

Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar

04 Iyun 2026

Ulashish

Abbos Boboxonov Xitoy Ijtimoiy Fanlar Akademiyasi uchun Xitoyning global energetik transformatsiyadagi o’rni haqida fikr bildirdi

Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) Osiyo-Tinch okeani tadqiqotlari markazi rahbari Abbos Boboxonov Xitoy Ijtimoiy Fanlar Akademiyasi (KAON) tomonidan tayyorlangan “Energetika siyosatiga global nigoh: Xitoy yondashuvi va Global Janub mamlakatlari uchun yangi imkoniyatlar” mavzusidagi nashr doirasida o‘tkazilgan xalqaro ekspertlar so‘rovida ishtirok etdi.

Ekspert o‘z sharhida geosiyosiy noaniqlikning ortishi va jahon energetika bozorlaridagi o‘zgarishlar energetik xavfsizlik masalasining ahamiyatini kuchaytirayotganini hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tish jarayonini jadallashtirayotganini ta’kidladi. Shuningdek, Xitoyning Markaziy Osiyo davlatlari bilan “yashil” energetika, energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish va tarmoqni raqamlashtirish sohalaridagi hamkorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Batafsil

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.