Ajdarho changalidami? O‘zbekistonning Xitoyga texnologik qaramligi “yashil” o‘tish uchun strategik tahdid sifatida

Tadqiqot maqolalari

18 Oktabr 2024

Ulashish

Ajdarho changalidami? O‘zbekistonning Xitoyga texnologik qaramligi “yashil” o‘tish uchun strategik tahdid sifatida

Maqolada O‘zbekistonning Xitoy texnologiyalariga, ayniqsa, qayta tiklanadigan energetika va “yashil” texnologiyalar sohasidagi qaramligi ortib borayotgani tufayli yuzaga kelayotgan strategik muammolari tahlil qilingan. O‘zbekiston 2050-yilgacha o‘zining iqlim maqsadlariga, jumladan, uglerod neytralligiga erishishga intilar ekan, Xitoy quyosh panellari, shamol turbinalari va elektromobillar kabi eng muhim texnologiyalarning asosiy ta’minotchisiga aylanmoqda. Bu qaramlik Xitoyning bozordagi hukmron mavqei bilan bog‘liq iqtisodiy suverenitet, energetika xavfsizligi va boshqa xatarlar xususida tashvish uyg‘otmoqda.

 

Maqolada O‘zbekiston uchun ikkita strategik yo‘nalish taklif etilgan: “yashil” energetikani tezda joriy etishni ta’minlaydigan, ammo qaramlikni chuqurlashtiruvchi arzon Xitoy texnologiyalari importini davom ettirish yoki mahalliy sanoatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun chet el texnologiyalari importini kamaytirish choralarini ko‘rish. Keyingi yondashuv texnologik mustaqillikni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, u energiya xavfsizligini oshirish imkoniyatiga ega, biroq xarajatlarning ko‘payishiga va iqlim maqsadlariga erishishdagi jarayonning sekinlashishiga olib kelishi mumkin. Maqolada O‘zbekiston tanlagan yo‘l uning iqtisodiy va ekologik kelajagiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi, iqtisodiy samaradorlik va strategik mustaqillik o‘rtasidagi nozik muvozanatni aks ettirishi ta’kidlanadi.

 

Maqolani Länder-Analysen saytida o‘qing