AQSHdagi dastlabki saylovlar natijalari to‘g‘risida

Hisobotlar

03.14.2024

Ulashish

AQSHdagi dastlabki saylovlar natijalari to‘g‘risida

2024-yil boshlanishi bilan, AQShda Demokratik va Respublikachilar partiyalaridan prezidentlik nomzodiga raqobatlashadigan boshlang'ich saylovlar «praymeriz» bo'lib o'tmoqda. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, nomzodlar yozda har ikki partiyaning qurultoylarida o‘zlarining yagona nomzodini rasman tasdiqlashi uchun ovoz beradigan delegatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Demokratik partiyaning nomzodi tasdiqlanishi uchun 3934 delegatning kamida 1968 delegat ovozini qo‘lga kiritilishi kerak, Respublikachi nomzod esa 2429 delegatning kamida 1215 ovozini olishi kerak. 20 dan ortiq shtatlarda “praymeriz” o‘tkazilgandan so‘ng, ikkala partiya ham asosiy da'vogarlarning aniq ustunligini ochiqlandi: Donald Tramp – respublikachilar va Jo Bayden – demokratlarning boshlang'ich saylovlarida g'alaba qozonishdi, deya xabar beradi Amerika ommaviy axborot vositalari. Donald Tramp 1228, Jo Bayden 2099 delegat ovozini qo'lga kiritishdi. Shu tariqa, ular tez orada o‘z partiyalari tomonidan AQSh prezidentligiga rasman nomzod qilib ko‘rsatiladi. 1912-yildan beri birinchi marta AQShning sobiq davlat rahbari amaldagi prezidentga qarshi chiqish holati ko‘zatilishi mumkin. Ushbu dinamika saylov jarayonining asosiy jihatlarini belgilaydi, bunda alohida shtatlar va delegatlar soni muhim rol o'ynaydi.

Yuklab olish