Boku va Toshkentning bugungi yaqinlashuvi vaqtinchalik geosiyosiy sharoitlarga bog‘liq emasligini ko‘rsatmoqda

Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar

26 Avgust 2026

Ulashish

Boku va Toshkentning bugungi yaqinlashuvi vaqtinchalik geosiyosiy sharoitlarga bog‘liq emasligini ko‘rsatmoqda

Azamat Seitov Ozarbayjonning “APA” agentligiga bergan sharhida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning 23–24-avgust kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifini ikki tomonlama munosabatlarda yangi bosqichning boshlanishi deb baholadi. Uning fikricha, Toshkent va Boku siyosiy ishonchning yuqori darajasidan iqtisodiy, sarmoyaviy va mintaqaviy hamkorlikning uzoq muddatli mexanizmlarini shakllantirishga o‘tmoqda. Ekspert imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaga alohida ahamiyat qaratib, bu yaqinlashuvning strategik xususiyatini mustahkamlashini va tanlangan yo‘nalishning davomiyligiga siyosiy kafolatlar yaratishini qayd etdi.

Azamat Seitovning ta’kidlashicha, ittifoqchilikning kelgusi barqarorligi tomonlarning siyosiy kapitalni aniq iqtisodiy natijalarga – qo‘shma ishlab chiqarish loyihalari, sarmoyalar va yangi transport zanjirlariga aylantira olish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, u hamkorlikning kengroq mintaqaviy ahamiyatiga ham e’tibor qaratdi: Ozarbayjon O‘zbekistonning Kaspiy dengizi, Janubiy Kavkaz va Turkiya orqali Yevropa bozorlariga chiqishini ta’minlasa, O‘zbekiston o‘z navbatida Boku uchun Markaziy Osiyo va Xitoyga chiqish imkoniyatlarini kengaytiradi. Uning baholashicha, ushbu yo‘nalishlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi Ozarbayjon-O‘zbekiston sherikligini Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz o‘rtasidagi yangi aloqalar tizimining tayanchlaridan biriga aylantirishi mumkin.

“APA” AA saytida o‘qing

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.