Afg‘oniston Markaziy Osiyoning Janubga ko‘prigiga aylana oladimi?

Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar

28 Sentabr 2026

Ulashish

Afg‘oniston Markaziy Osiyoning Janubga ko‘prigiga aylana oladimi?

IXTI Afg‘oniston va Janubiy Osiyo tadqiqotlari markazi yetakchi ilmiy xodimi Aziza Muxammedova “Novastan” nashriga bergan intervyusida Afg‘onistonni Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi to‘laqonli transport-iqtisodiy ko‘prikka aylantirish istiqbollarini tahlil qildi. Ekspert O‘zbekiston-Afg‘oniston savdosi sezilarli darajada o‘sganini, Termiz va Hayraton hududlarida infratuzilma rivojlanayotganini, shuningdek, Transafg‘on temir yo‘li loyihasi ilgari surilayotganini ta’kidladi.

Suhbatda bo‘lajak transport yo‘laklarining iqtisodiy hayotiyligi, Afg‘oniston-Pokiston munosabatlari bilan bog‘liq xatarlar, temir yo‘l loyihalarini moliyalashtirish va Afg‘onistonni mintaqaviy qiymat zanjirlariga integratsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aziza Muxammedovaning fikricha, muvaffaqiyatning asosiy ko‘rsatkichi nafaqat tranzitning o‘sishi, balki yangi yo‘nalishlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri Afg‘oniston ichida ish o‘rinlari, investitsiyalar va iqtisodiy faollikni yaratish qobiliyati bo‘ladi.

“Novastan” saytida o‘qing

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; buyerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aksettirmaydi.