Muallif: Sabina Gulyamova , JIDU magistranti, IXTI Barqaror rivojlanish markazi amaliyotchisi
Ushbu tahliliy nashr Qoraqalpog‘iston Respublikasida iqlim o‘zgarishi va migratsiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganadi. Statistik ma'lumotlar va ekspert fikrlariga asoslanib, muallif mintaqadagi zamonaviy migratsiya tendensiyalarini va ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ta'sirini tahlil qiladi.
Nashrda mehnat migratsiyasi va pul o‘tkazmalarining oilalar farovonligini ta’minlashdagi o‘sib borayotgan roli yoritilgan, shuningdek, ekologik va iqtisodiy omillar aholi harakatchanligiga qanday ta'sir ko‘rsatishi ko‘rib chiqilgan. Qoraqalpog‘iston ichidagi demografik o‘zgarishlar, urbanizatsiya va hududiy tafovutlar bilan bog‘liq muammolarga alohida e’tibor qaratilgan.
Kengroq nuqtai nazardan, tadqiqot Qoraqalpog‘istonni Orol dengizi havzasi va Markaziy Osiyoning umumiy konteksti doirasida ko‘rib chiqadi, migratsiya, iqlimga moslashuv, suv xavfsizligi va barqaror rivojlanish o'rtasidagi bog'liqliklarni ta’kidlaydi. Muallif shunday xulosaga keladiki, ekologik jihatdan zaif hududlarda barqarorlikni mustahkamlash iqtisodiy rivojlanish, iqlimga moslashuv va mintaqaviy hamkorlik sohalarida muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlarni talab qiladi.
* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.