Qirg‘izistonning KABAR milliy axborot agentligiga bergan intervyusida professor Azamat Seitov O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston chegaralari tutashgan joyda Do‘stlik stelasining ochilishi Markaziy Osiyo xalqlari birligi va strategik hamkorligining ramziga aylanganini ta’kidladi. Tantanali marosimda uch davlat rahbarlari ishtirok etgani esa ushbu voqeaning ishonchni mustahkamlash va chegara masalalarini xalqaro-huquqiy darajada hal etishdagi ahamiyatini ko‘rsatdi.
Professor Seitov, shuningdek, chegaralarni delimitatsiya qilish jarayonining yakunlanishi davlatlararo nizolar xavfini kamaytirishi va mintaqaviy barqarorlikka hissa qo‘shishini qo‘shimcha qildi. U bu qadamning Markaziy Osiyo diplomatik mexanizmlarining samaradorligini namoyon etishini, iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishi va mintaqaning xalqaro nufuzini oshirishini alohida ta’kidladi.
Intervyuning to‘liq matnini KABAR saytida o‘qishingiz mumkin
* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.