Energetika diplomatiyasi va geosiyosat markazi yetakchi ilmiy xodimi Hayotjon Ibragimov «Diplomat» Universitetining Markaziy Osiyoda energetika xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan podkastining navbatdagi sonida ishtirok etdi.
Suhbat chog‘ida mintaqa mamlakatlarining energetika salohiyati, energetika tizimlari barqarorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar, shuningdek, mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Energetika sohasidagi mavjud muammolarga hamda energiya resurslariga talab ortib borayotgan va energetika bozorlarining transformatsiyasi davom etayotgan bir sharoitda Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.