Fazliddin Djamalov Donald Trampning Kongressdagi nutqi haqida

Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar

12 Mart 2025

Ulashish

Fazliddin Djamalov Donald Trampning Kongressdagi nutqi haqida

“O‘zbekiston 24” telekanalining “Xalqaro nigoh” ko‘rsatuvining so‘nggi sonida IXTI yetakchi ilmiy xodimi Fazliddin Djamalov Donald Trampning qayta saylanganidan so‘ng AQSH Kongressiga qilgan birinchi murojaatini chuqur tahlil qildi. Mutaxassis Amerika rahbarining nutqida uning ma’muriyati siyosatining asosiy yo‘nalishlarini aks ettiruvchi bir necha muhim jihatlarni ta’kidlab o‘tdi.

 

Jumladan, u AQSH prezidenti iqtisodiy himoyachilik yo‘nalishini davom ettirayotganini, buning isboti sifatida Xitoy, Kanada va boshqa mamlakatlarga qarshi e’lon qilingan bojxona choralarini keltirdi. Djamalovning fikricha, bunday qadamlar savdo ziddiyatlarini kuchaytirishi va xalqaro maydonda yangi to‘qnashuvlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, u Trampning “saylanmagan byurokratiya”ga qarshi kurash va hukumat tuzilmalarini keng ko‘lamda qisqartirish haqidagi bayonotlariga alohida e’tibor qaratdi.

 

Tahlilda Trampning davlat xarajatlari sohasidagi siyosati alohida o‘rin egalladi. Djamalov ta’kidlashicha, Amerika prezidenti o‘zini korrupsiyaga qarshi kurashuvchi sifatida ko‘rsatishga uringan va firibgarlik sxemalariga misollar keltirgan, jumladan, Tramp maqsadga muvofiq emas deb hisoblagan chet eldagi dasturlarni moliyalashtirishni tilga olgan. Biroq, mutaxassisning fikricha, bunday bayonotlar ochiq-oydin populistik xususiyatga ega bo‘lib, hatto respublikachilarning o‘zlari tomonidan ham tanqidga uchramoqda.

 

Uning nutqida migratsiya masalasi markaziy o‘rinni egalladi. Tramp Meksika bilan chegarada devor qurilishini qayta boshlash, shuningdek, AQShga noqonuniy migratsiyaga qarshi choralarni kuchaytirish haqida qat’iy bayonot berdi.

 

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo’lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.