Qirg‘iziston Markaziy Osiyoda hamkorlik va o‘zaro tushunishning yangi davrini faol qo‘llab-quvvatlamoqda

Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar

07 Aprel 2025

Ulashish

Qirg‘iziston Markaziy Osiyoda hamkorlik va o‘zaro tushunishning yangi davrini faol qo‘llab-quvvatlamoqda

Professor Azamat Seitov yaqinda bergan intervyusida Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning Samarqanddagi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammitidagi nutqining ahamiyatini ta’kidlab, uni mintaqadagi konstruktiv munosabatlarning yangi bosqichi ifodasi sifatida baholadi. Uning fikricha, Japarovning yaqin qo‘shnilar bilan hamkorlikni ustuvor deb bilishi Bishkekning Markaziy Osiyoda, ayniqsa iqlim o‘zgarishi, suv resurslari va migratsiya kabi umumiy muammolar sharoitida barqarorlik va siyosiy muvofiqlashuvni mustahkamlashga qaratilgan amaliy yo‘nalishidan dalolat beradi.

 

Professor, shuningdek, mintaqaviy aloqalarni mustahkamlash chuqur iqtisodiy integratsiyaga va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishga yo‘l ochishini ta’kidladi. U butun mintaqa manfaatlarini hisobga olgan holda tashqi hamkorlar, xususan, Yevropa Ittifoqi bilan aloqalar o‘rnatish muhimligiga alohida e’tibor qaratdi. Uning fikricha, Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarni kuchaytirish Markaziy Osiyoda yangi iqtisodiy va siyosiy yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun turtki bo‘lishi mumkin.

 

Intervyuni KABAR.kg saytida o‘qing

 

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.