Markaziy Osiyoda energetika xavfsizligi sharhi: Geosiyosiy tahdidlar va barqaror rivojlanish imkoniyatlari

Sharh

17 Dekabr 2024

Ulashish

Markaziy Osiyoda energetika xavfsizligi sharhi: Geosiyosiy tahdidlar va barqaror rivojlanish imkoniyatlari

IXTI ilmiy xodimi Akbar Mavlonov o‘z sharhida Markaziy Osiyoning global energetika dinamikasidagi hal qiluvchi rolini ko‘rib chiqadi, bu mintaqadagi energetika xavfsizligining turli jihatlarini o‘rganadi hamda uning xalqaro munosabatlarga, iqtisodiy taraqqiyotga va ekologik barqarorlikka ta’sirini tahlil etadi.

 

Neft, tabiiy gaz va qayta tiklanadigan energiya manbalarining salmoqli zaxiralariga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo nafaqat global energetika bozorlarini shakllantiradi, balki o‘zining iqtisodiy rivojlanishini ham rag‘batlantiradi. Biroq mintaqaning energetika manzarasi Rossiya, Xitoy, AQSH va Yevropa Ittifoqi kabi yirik davlatlar ta’siridagi geosiyosiy murakkabliklar tufayli chigallashgan. Turkmaniston-Xitoy gaz quvuri misolida ko‘rinib turganidek, quvurlarning strategik ahamiyati iqtisodiy va geosiyosiy manfaatlarning o‘zaro bog‘liqligini yaqqol namoyon etadi.

 

Bu murakkabliklarni hisobga olgan holda, Markaziy Osiyo mintaqada va undan tashqarida barqaror taraqqiyotni shakllantirishda hal qiluvchi o‘rin egallaydi hamda o‘zini global energetika munosabatlarida muhim ishtirokchi sifatida namoyon etmoqda.

 

Sharhni shu yerda o‘qing (ingliz tilida)

 

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.