2024-yilda dunyoda elektr energiyasi ishlab chiqarilishi: uglerod inersiyasi va “yashil burilish” o‘rtasidagi muvozanat

Sharh

07 May 2025

Ulashish

2024-yilda dunyoda elektr energiyasi ishlab chiqarilishi: uglerod inersiyasi va “yashil burilish” o‘rtasidagi muvozanat

2024-yilda dunyoda elektr energiyasi generatsiyasi tuzilishi yana bir bor ko‘mir, gaz va neft kabi yoqilg‘ilarga kuchli bog‘liqligini namoyon etdi — umumiy ishlab chiqarishning qariyb 60% aynan shu manbalar hissasiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) ulushi barqaror o‘sib, 32,1%ga yetdi, atom energetikasining ulushi esa 9,1%ni tashkil qildi. Bu disbalans global energetik o‘tish jarayonining murakkab xususiyatini aks ettiradi: dekarbonizatsiya sodir bo‘lmoqda, ammo juda nomutanosib ravishda.

 

2024-yildagi energetik miks:

  • Ko‘mir — 34,5%
  • Gaz — 23,5%
  • QTEM (qayta tiklanuvchi energiya manbalari) — 32,1%
  • Atom energetikasi — 9,1%
  • Neft — 0,7%

 

Hududiy xususiyatlar:

Hindiston — ko‘mir ulushi eng yuqori (73,4%). QTEM — 20,5%, atom energetikasi — 2,6%. Bu ulushlar tez o‘sib borayotgan energiya talabiga bog‘liq.

Xitoy — asosan ko‘mir (58,4%)ga tayanadi, biroq QTEM va atom energetikasiga faol sarmoya kiritmoqda.

AQSH — tabiiy gazni (42,6%) o‘tish manbai sifatida qo‘llab, uni QTEM (23,3%) va atom energetikasi (18%) bilan to‘ldirmoqda.

Yevropa Ittifoqi — dekarbonizatsiyada yetakchi: generatsiyaning qariyb 49% QTEM hissasiga to‘g‘ri keladi, yana 23,6% — AES, ko‘mir ulushi esa 10,7%ga tushib ketgan.

 

Asosiy tendensiyalar:

QTEM — xususan, Yevropa Ittifoqida barqaror o‘smoqda, biroq generatsiyaning noustuvorligi va energiyani saqlash infratuzilmasining yetishmasligi singari cheklovlar mavjud.

Atom energetikasi — past uglerodli energiya manbai sifatida barqarorligini saqlab turibdi va iqlim maqsadlari yuqori bo‘lgan davlatlarda talabga ega.

Gaz — ayniqsa AQSHda vaqtinchalik muvozanat vositasi sifatida xizmat qilmoqda, ammo uning uzoq muddatli ekologik maqbulligi hanuz savol ostida.

 

Strategik xulosalar:

  • QTEM va elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilishga tizimli sarmoyalar energetik o‘tishni tezlashtirish uchun zarur.
  • Atom energetikasi — ishonchli dekarbonizatsiya uchun asosiy vosita.
  • Gaz o‘tish davrida foydalaniladigan manba bo‘lishi mumkin, ammo energetik o‘tish uchun yetarli emas.
  • Vodorod energetikasini rivojlantirish va uni QTEM bilan integratsiya qilish — barqaror generatsiyaning istiqbolli modeli.

 

2024-yildagi dunyo energetikasi an’anaviy modellar va yangi “yashil kurs” o‘rtasida muvozanat saqlamoqda. Ko‘mir va gaz hali ham hukmronlik qilmoqda, biroq QTEM va atom energetikasi salohiyati umid uyg‘otadi. Asosiy muammo — global miqyosda adolatli va texnologik jihatdan barqaror energetik o‘tishni ta’minlashdir.

 

* Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) hech qanday masalada muassasaviy nuqtai nazarni bildirmaydi; bu yerda keltirilgan fikrlar faqatgina muallif yoki mualliflarga tegishli bo‘lib, ular IXTIning qarashlarini aks ettirmaydi.